Oʻyinchi sifatida jahon chempioni va bosh murabbiy sifatida Chempionlar ligasining uch karra gʻolibi Zinedin Zidan futbol boʻyicha Fransiya milliy terma jamoasining bosh murabbiyi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Filipp Diallo maʼlum qildi.
Shartnoma muddati: Tomonlar oʻrtasidagi kelishuv 2030-yilgi jahon chempionati yakunlanguniga qadar moʻljallangan.
Yangi lavozim: 54 yoshli mutaxassis bu sharafli lavozimda milliy terma jamoani 14 yil davomida boshqargan Didye Deshamning oʻrnini egalladi.
Murabbiylik muvaffaqiyatlari: Zidan Ispaniyaning «Real» klubiga murabbiylik qilgan davrida (2016–2018 va 2019–2021) uch marta Chempionlar ligasini, ikki martadan Ispaniya chempionati va Superkubogini qoʻlga kiritdi.
Oʻyinchilik yoʻli: Oʻz vaqtida «Kann», «Bordo», «Yuventus» va «Real» klublarida muvaffaqiyatli toʻp surgan Zidan Fransiya milliy terma jamoasi safida 108 ta oʻyin oʻtkazib, 31 ta gol urdi va 29 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 1998-yilda jahon chempioni, 2000-yilda esa Yevropa chempioni boʻlgan.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.