
Xiaomi kompaniyasining yangi plansheti Xiaomi Pad 8 Pro bozorda o'zining chidamliligi bilan ajralib turibdi. GSM Arena mutaxassislari tomonidan o'tkazilgan testlar shuni ko'rsatdiki, qurilma 13 soat 39 daqiqa davomida uzluksiz ishlay oladi. Bu ko'rsatkich planshetlar orasida yetakchi bo'lgan iPad Pro 11 ning natijalaridan ham yuqoridir.
Planshet 11 dyuýmli yorqin ekran va 9200 mA/soat quvvatli akkumulyator bilan jihozlangan. 65 Vt quvvatli quvvatlagich planshetni yarim soatda 53% gacha to'ldiradi. Mutaxassislar qurilmaning kuchli protsessori va ajoyib ovoz sifatini alohida ta'kidlashgan. Hech qanday jiddiy kamchiliklari topilmagan ushbu planshet, uzoq vaqt quvvatsiz ishlashni xohlovchilar uchun eng yaxshi tanlovdir.
Keywords