
«Samsung» kompaniyasi «Galaxy A57» va «Galaxy A37» smartfonlarini rasman taqdim etdi. Yangi modellar o‘zidan oldingi avlodlarning dizayn xususiyatlarini saqlab qolgan bo‘lsa-da, korpusning yanada yuqori sifatli materiallari, yangi platformalar va sun’iy intellekt (AI) funksiyalari bilan ajralib turadi. Kameralar tizimida esa kichik o‘zgarishlar bor. Yangi smartfonlar savdosi 10-apreldan boshlanadi.
«Samsung Galaxy A57» modelining yanada mukammal sovutilishini ta’minlash uchun uning bug‘ kamerasining hajmi 13 foizga kattalashtirildi. Smartfon metal ramka va IP68 standarti bo‘yicha suv hamda changdan himoyalangan (Galaxy A56 modelida bu ko‘rsatkich IP67 edi).
«Galaxy A37» modelining yon ramkalari plastikdan yasalgan. Uning korpusining qalinligi 6,9 mm, vazni esa 179 grammga teng. Galaxy A57 ning o‘lchamlari esa tegishlicha 7,4 mm va 196 grammni tashkil etadi. Kichik modelda ham IP68 darajasidagi himoya tizimi mavjud.
Har ikkala model ham Full HD+ aniqlikdagi va 120 Gs yangilanish chastotasidagi 6,7 dyuymli «Super AMOLED» ekranlar bilan jihozlangan. Akkumulyatorlar hajmi 5000 mA/soat bo‘lib, ular 45 Vt quvvatdagi simli zaryadlovchini qo‘llab-quvvatlaydi. Batareyaning 60 foizini yarim soat ichida to‘ldirish mumkin.
Ikkala smartfonning ham asosiy kamerasi 50 MP, old kamerasi esa 12 MP aniqlikda. Ultra keng burchakli modullarda esa farq bor: «Galaxy A57»da bu ko‘rsatkich 12 MP, «Galaxy A37»da esa 8 MP ga teng. Uchinchi modul sifatida esa makrosuratga olish uchun 5 megapikselli kamera ishlatiladi.
«Galaxy A57» modeli bir nechta sun’iy intellekt funksiyalarini, jumladan, «Best Face» tizimining kengaytirilgan imkoniyatlarini, videoni avtomatik kesish uchun «Auto Trim» va takomillashtirilgan «Object Eraser» vazifalarini oldi. Shuningdek, ovozli yozuvlarni matn ko‘rinishiga o‘tkazish funksiyasi ham mavjud. Har ikkala smartfon ham «Android 16» asosidagi «One UI 8.5» dasturida ishlaydi va 6 yil davomida dasturiy ta’minot yangilanishlarini oladi.
Narxlar Smartfonlarning narxi o‘tgan yilgi modellar bilan solishtirganda biroz ko‘tarildi:
Keywords