
«Mustaqil, doimiy betaraf Turkmaniston — chaqqon tulporlar va yuksak orzular maskani» deb e’lon qilingan Yangi yilning ilk onlari mamlakatimiz uchun unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. Yilning dastlabki soatlarida poytaxtdagi Ona va bola salomatligini muhofaza qilish ilmiy-klinik markazida 2026-yilning ilk chaqalog‘i dunyoga keldi.
Tibbiy ma’lumotlarga ko‘ra, Gayipovlar oilasiga qo‘shilgan chaqaloqning sog‘ligi qoniqarli holatda. Yangi yilning dastlabki daqiqalarida tug‘ilgan o‘g‘il bola 3 kilogramm 100 gramm vaznga va 48 santimetr bo‘yga ega.
Atamyrat deb ism qo‘yilgan chaqaloqning ota-onasi mamlakatimizda inson salomatligini muhofaza qilish va bolalarning barkamol rivojlanishiga davlat miqyosida ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun hurmatli Prezidentga va Qahramon Arkadag‘a minnatdorlik bildirdilar.
Joriy yilning «Mustaqil, doimiy betaraf Turkmaniston — chaqqon tulporlar va yuksak orzular maskani» deb nomlanishi munosabati bilan yangi tug‘ilgan chaqaloqqa berilgan Atamyrat ismi «at-myrat» degan dono ibora bilan uyg‘unlashib turishi e’tiborga molikdir.
Chaqaloq tug‘ilishi munosabati bilan baxtiyor oilaga hurmatli Prezident va Qahramon Arkadag nomidan sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, Gurbanguly Berdimuhamedov nomidagi muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi nomidan ham sovg‘alar berildi.
Yangi yilning ilk daqiqalarida mamlakatda ilk chaqaloq dunyoga kelgan oilaning a’zolari sovg‘alar va ezgu tilaklar uchun Arkadag‘li Qahramon Serdar va Qahramon Arkadag‘a samimiy minnatdorlik bildirib, insonparvarlik tamoyillariga asoslangan xayriya jamg‘armasi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar.
Keywords