2027-yilda Turkmaniston Magtymguly nomidagi Yoshlar tashkilotining navbatdagi qurultoyini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Turkman xalqining Milliy Lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguly Berdimuhamedov Xalq Maslahati Prezidiumining majlisida ma’lum qildi.

«Vatan» axborot dasturida xabar berilishicha, Milliy Lider B. Mammedova ismli Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosariga qurultoyga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rishni hamda tadbir rejasini ishlab chiqishni topshirdi.

Majlis davomida raqamli tizim bilan sun’iy intellekt texnologiyalari o‘rtasidagi farqlarni tahlil qilish, kiberxavfsizlik bilan bog‘liq masalalarni muhokama etish yuzasidan ham fikrlar bildirildi. Shuningdek, dasturiy ta’minotlarni joriy etish bo‘yicha yoshlar bilan fikr almashishni kengaytirish, ularning startaplari va yangi ishlanmalarini hayotga tatbiq etish ishlarini faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosariga tegishli ishlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.