
Afg‘oniston Turkmaniston orqali o‘tadigan Lazurit (Lapis Lazuli) yo‘lagi orqali o‘z mahsulotlari eksportini jadallashtirmoqda.
Afg‘oniston Transport va fuqaro aviatsiyasi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, turkman-afg‘on chegarasidagi Turgundi quruqlik porti orqali sakkizta yuk eksportga jo‘natildi. Bu haqda yakshanba kuni “Ariana News” xabar berdi.
Yuklar tarkibiga quritilgan mevalar, murabbo, yuqori bosimli qozonlar hamda energetik ichimliklar kiradi. Yuklar Turkiyaga yetib borgach, ularni Saudiya Arabistoni Podshohligi, AQSH, Avstraliya va Niderlandiya bozorlariga qayta eksport qilish rejalashtirilgan.
2018-yilda ishga tushirilgan Lazurit yo‘lagi Afg‘onistonni Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya orqali Yevropa bozorlari bilan bog‘laydi.
Keywords