
Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi sohasida Turkmaniston tajribasini o‘rganish va uni amaliyotda qo‘llashga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Afg‘oniston Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Abdul G‘ani Baradar Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan Hirot shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha xabar berdi.
Mulla Abdul G‘ani Baradarning ta’kidlashicha, Turkmaniston qishloq xo‘jaligi sohasida katta yutuqlarga erishgan bo‘lib, bu afg‘on tomonida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Kobul ushbu tajribani amaliyotda qo‘llashga hamda ikki mamlakatning tegishli idoralari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga umid bildirmoqda. Bu haqda Afg‘oniston Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Muzokaralarda mintaqaviy ahamiyatga ega muhim tashabbuslarning amalga oshirilishi, jumladan Turkmaniston – Afg‘oniston – Pokiston – Hindiston (TAPI) gaz quvuri hamda Turkmaniston – Afg‘oniston – Pokiston (TAP) elektr uzatish loyihasi muhokama qilindi.
Uchrashuvda ikki mamlakatning energetika, transport, temir yo‘l va tog‘-kon sanoati vazirlari, davlat kompaniyalari vakillari hamda yuqori martabali mansabdor shaxslar ishtirok etdilar.
Keywords