Turkmaniston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Turkiya poytaxti Anqara shahrida yuqori darajadagi xalqaro uchrashuv o‘tkaziladi. 2026-yil 22-sentabr kuni Prezident majmuasi Milliy kutubxonasida «Turkmaniston va Turkiyaning Mustaqilligining 35 yilligida strategik hamkorligi» mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Tekha.com saytining xabar berishicha, tadbirga Turkmanistonning Turkiya Respublikasidagi elchixonasi, Yevroosiyo iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy tadqiqotlar jamg‘armasi (EkoAvrasya) hamda Turk dunyosi fuqarolik jamiyati hamkorligi birlashmasi (TÜRKSİT) tashkilotchilik qiladi.
Uchrashuvda Turkmaniston bilan Turkiya o‘rtasida olib borilayotgan ko‘p qirrali munosabatlarning hozirgi holatiga baho beriladi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, fan va ta'lim yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilinadi.
Konferensiya ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilashga va o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.