
Turkman xalqining Milliy Lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Arkadag shahrida ixtisoslashtirilgan ingliz tili maktabi ochilishini ma’lum qildi. Ushbu maktabda o‘quv jarayoni zamonaviy standartlar asosida olib boriladi va bitiruvchilarning AQSHning yetakchi universitetlariga kirishiga sharoit yaratadi. Bu haqda u «Al-Arabiya» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Yangi qurilgan "aqlli" Arkadag shahrida ixtisoslashtirilgan ingliz tili maktabini ochishni rejalashtiryapmiz. O‘quv jarayoni Garvard, Massachusets texnologiya instituti (MIT) va Kolumbiya universiteti kabi AQSHning nufuzli oliygohlarida o‘qishni davom ettirishga qaratilgan bo‘ladi», — dedi Gurbanguli Berdimuhamedov. Shuningdek, u mamlakatning barcha maktablarida ingliz tili o‘rgatilishi va to‘rtta oliy o‘quv yurtida ta’lim to‘liq ingliz tilida ekanligini ta’kidladi.
Keywords