
Poytaxtimizdagi Turkmaniston davlat iqtisodiyot va boshqaruv instituti futbol maydonida «AFC Women’s Football Day 2026» — AFK Ayollar futboli kuni nishonlandi. Turkmaniston Futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda ayollarning futbolga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yosh qizlarni sportning ushbu turi bilan shug‘ullanishga undashdan iborat bo‘ldi.
Futbol tadbirida Turkmaniston ayollar milliy terma jamoasi o‘yinchilari hamda yosh futbolchilar ishtirok etishdi. Bayram dasturi doirasida turli sport musobaqalari tashkil etilib, qizlar uchun maxsus futbol festivali o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan qizlar turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Festivalda ishtirok etishni xohlovchilarning barchasiga imkoniyat yaratilgani uning ko‘lamini yanada kengaytirdi. Bayram ruhida o‘tgan futbol festivalida futbolga qiziqish bildirgan 250 nafarga yaqin qizaloq ishtirok etganini alohida ta’kidlash joiz.
Futbol festivali yakunida ishtirokchilarga Turkmaniston Futbol federatsiyasi, Magtymguly nomidagi Yoshlar tashkilotining Ashgabat shahar kengashi hamda Ashgabat shahar Bosh ta’lim boshqarmasi tomonidan tayyorlangan maxsus sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. Mukofotlash marosimi Turkmaniston Futbol federatsiyasi rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Keywords