Turkmaniston Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha davlat qo‘mitasining Futbol bo‘yicha Olimpiya zaxiralarining ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi 2019-yilda tug‘ilgan yosh futbolchilar saralashini o‘tkazishini e'lon qildi. Bu haqda «Neytralnyy Turkmenistan» gazetasi xabar bermoqda.

Saralash faqat Ashxobod shahri aholisi o‘rtasida 6-sentyabr kuni «Ashxobod» stadionida soat 08:00 dan 11:00 gacha bo‘lib o‘tadi.

Saralashga keluvchilar yonida sport kiyimi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi va 1 dona 3х4 o‘lchamdagi fotosurat bo‘lishi lozim.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni +993 65 04-92-48 telefon raqami orqali olish mumkin.