
Ashxobodda Rossiya Federatsiyasining davlat bayrami — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali qabul marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Rossiyaning Turkmanistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi, deb xabar beradi diplomatik missiya matbuot xizmati. Tantanada Turkmanistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatlarning harbiy attashelari, shuningdek, Mudofaa vaziri o‘rinbosari, Fuqaro mudofasi va qutqaruv ishlari bosh boshqarmasi boshlig‘i Dovran Durdiyev boshchiligidagi turkman armiyasi harbiy xizmatchilari ishtirok etdilar. Rossiya elchixonasining maslahatchi-vakili Petr Shchukin Rossiyaning Turkmanistondagi elchisi Ivan Volinkinning tabrik xatini o‘qib berdi. Shuningdek, diplomat mamlakat hududidagi harbiy yodgorliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘layotgani uchun turkman tomoniga minnatdorlik bildirdi. Bundan avval, 6-fevral kuni elchixona vakillari Mari viloyatida safarda bo‘lib, Dashko‘pri jangida halok bo‘lgan Rossiya imperatorlik armiyasi askarlari va turkman ko‘ngillilarining birodarlik mozoriga, shuningdek, sovet ozod qiluvchi askari yodgorligiga gul qo‘ydilar. Elchixonaning harbiy attashesi Andrey Dragovskiy tadbir ishtirokchilariga murojaat qilib, rus-turkman munosabatlarining xarakteri “ishonchli strategik hamkorlik” ekanligini alohida ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda Vatan himoyachilari kuni 27-yanvarda nishonlanadi. R
Keywords