
Lebap viloyati Farap tumanidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan o‘rta maktabda yangi tarixiy voqea — Ashxobod — Turkmanobod yuqori tezlikdagi avtomobil yo‘lining Mari — Turkmanobod qismining ochilishiga bag‘ishlangan “Bagta barýan ak ýollar” (Baxtga eltuvchi oq yo‘llar) mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir mamlakatimiz transport-tranzit tizimidagi navbatdagi muvaffaqiyatning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini ochib berdi.
Konferensiyada so‘zga chiqqanlar yangi ochilgan yuqori tezlikdagi yo‘l nafaqat zamonaviy infratuzilma obyekti, balki mamlakatning mintaqalararo iqtisodiy aloqalarini yangi bosqichga olib chiquvchi strategik yo‘l ekanligini ta’kidladilar. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi Lebap viloyatining iqtisodiy salohiyatini oshirishda va aholi uchun qulay qatnov sharoitlarini yaratishda katta o‘rin tutadi.
Tadbirda nuroniylar, jamoat tashkilotlari xodimlari, pedagoglar va yoshlar ishtirok etdi. Suhbatlar davomida yangi yo‘l xalqimizning turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qilishi haqida to‘xtalib o‘tildi. Kattalarning nasihatlari va yoshlarning g‘ururli chiqishlari tantananing mazmun-mohiyatini yanada boyitdi.
Maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar konferensiyaga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Vatan va xalqimizning baxtiyor hayotini tarannum etuvchi chiqishlar, yangi ochilgan yo‘l xalqimiz uchun haqiqiy “baxt yo‘li”ga aylanganining ramzi bo‘lib yangradi.
Keywords