
Mehnatsevar bogʻbonlarning bogʻga singdiradigan shijoati yilning toʻrt faslida ham pasaymaydi. Ular har kuni erta tongdan to kechqurungacha oʻz bogʻida mehnat qiladilar. Tinimsiz ravishda ana shu yumushlarning uddasidan chiqa olsangiz, bogʻda qizil olmalar, ogʻzangizda eriydigan oʻrik va olchalar, shaftolilar moʻl-koʻl boʻladi. Kerkilik Abray Atnakulov ham ana shunday bogʻbonlardan biridir. Uning charchab-zerikarli vaqti yoʻq, doimo oʻz bogʻida yoki tomorqasida banddir. Kasbi agronom boʻlgani uchun u oʻsimliklar olamini yaxshi biladi.
Kerki tumanidagi Osman Soʻhbetov nomidagi dehqon birlashmasida agronom boʻlib ishlagan yillarida u turli ilmiy kitoblarga tayangan holda juda koʻp tajribalar oʻtkazdi. Qishloqdoshlariga, havaskor dehqonlarga koʻp narsalarni oʻrgatdi. Shuning uchun ham xoʻjalik bogʻbonlarining koʻpchiligi unga «Ustoz!» (Halypa) deb murojaat qilishadi. Ustoz boʻlmoqchi boʻlsang, koʻp narsadan xabardor boʻlishing kerak. Shu tariqa, Abray ota keyinchalik dehqon birlashmasidan oʻziga bir gektar yer oldi va u yerda bogʻ barpo etdi. Bogʻdorchilik kabi nozik, tashvishli kasbni egallagach, u koʻp vaqtini bogʻda oʻtkaza boshladi. Koʻchatlarni qalamcha qilish usuli bilan koʻpaytirib, eng sara navlarni yetishtirdi. Sobiq Sakar tumanidagi koʻchatxona xoʻjaligi bogʻbonlari bilan fikrlashib, oʻrikning oʻn ikki turini yaratdi. Ularning orasida oʻrikning turli vaqtlarda pishadigan turlari bor. Shuning uchun mahalliy tadbirkorlar erta bahordan to yozgacha Abray otaning bogʻidan chiqishmaydi.
Keywords