
Boku shahrida Ozarbayjon Xalqaro munosabatlarni tahlil qilish markazi tomonidan C6 formatiga kiruvchi mamlakatlar tahliliy markazlari ishtirokida «C6: Bir mintaqa, umumiy kelajak — strategik muloqotni mustahkamlash» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Turkmaniston TIV rasmiy sayti xabariga ko‘ra, konferensiyada Xalqaro munosabatlar institutining Strategik tadqiqotlar ilmiy markazi rahbari Sh.Shiriyev, Turkmanistonning Ozarbayjon Respublikasidagi elchisi G.Elyasov, Ozarbayjon Milliy Majlisi deputatlari, xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlari va xodimlari, shuningdek, C6 formatidagi mamlakatlarning yetakchi ekspertlari hamda tahliliy markazlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida hozirgi davrning murakkab geosiyosiy sharoitida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, strategik muloqotni kengaytirish va barqaror rivojlanishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Ma’ruzachilar C6 formati davlatlar o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirishda, o‘zaro ishonchni mustahkamlashda hamda mintaqaviy darajada samarali hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.
Transport-logistika bog‘liqligi, iqtisodiy hamkorlik, energetika xavfsizligi, barqaror rivojlanish hamda mintaqaviy xavfsizlik kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi. Chiqishlarda C6 formati nafaqat fikr almashish maydonchasi, balki mintaqalararo hamkorlikni amalda rivojlantirish uchun samarali vositaga aylanayotgani qayd etildi.
Keywords