Bolaning qalbiga singdirilgan yaxshi tarbiya uning kelgusi hayot yo‘lining mustahkam poydevoridir. Bolalar oilaning va jamiyatning eng qimmatbaho boyligidir. Ularning baxtli bolalik yillarini ta’minlash, sog‘lom va keng dunyoqarashli avlodni kamol toptirish muhim vazifalardan biridir. Turkmanistonda yosh avlodning bilimli, odobli, zahmatkash va vatanparvar bo‘lib ulg‘ayishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bolaning tarbiyasida oilaning o‘rni bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasalarida mehnat qilayotgan tarbiyachilarning ham hissasi kattadir. Chunki bolaning ilk bilim va tushunchalari, o‘zini tutishining boshlang‘ich ko‘nikmalari aynan shu davrda shakllanadi. Tarbiyachining har bir so‘zi, harakati va bolaga bo‘lgan munosabati uning dunyoqarashiga o‘z ta’sirini yetkazadi. Bu mas’uliyatli ishni muhabbat va shijoat bilan bajarib kelayotgan mutaxassislardan biri Kerki tumanidagi 24-sonli bolalar bog‘chasi-yaslisining tarbiyachisi Leyli Shirovadir. U «Yil tarbiyachisi — 2026» tanasisining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lib, o‘z kasbiga bo‘lgan ishtiyoqi va mahoratini ko‘rsatdi. Leyli Shirova uchun tarbiyachilik shunchaki kasb emas, balki jajji bolajonlarning qalbiga ezgulik, odob-axloq, mehr-muhabbat va ilmga muhabbatni o‘rnatishga qaratilgan ulkan mas’uliyatdir. U bolalarning har birining alohida xarakteriga, qiziqishiga va qobiliyatiga e’tibor qaratib, ularni ijodiy fikrlashga ilhomlantirishga intiladi. Bolalar bilan ishlash sabr-toqatni, ulkan mas’uliyatni va cheksiz mehrni talab qiladi. Tarbiyachining o‘z kasbiga bo‘lgan muhabbati esa bu ishning samaradorligini oshiruvchi asosiy shartlardan biridir. Shunday mutaxassislarning zahmatli mehnati tufayli jajji bolalarning bolalik olami yanada yorqinlashadi. Bola odobining, bilimining va tarbiyasining puxta bo‘lishi kelajak poydevorining mustahkam qo‘yilishidir. Shuning uchun jajji bolalarga beriladigan har bir yaxshi o‘rnak, o‘git va mehrli so‘z ularning hayot yo‘linda o‘chmas iz qoldiradi.
Bolalar tarbiyasi — eng qadrli boylik
1 daqiqa o'qish1

👧🏻🌱 Bola tarbiyasi — eng aziz qadriyat. Bola kamolotida oila va tarbiyachilarning o‘rni beqiyos. Kerki tumanidagi 24-sonli bolalar bog‘chasi tarbiyachisi Leyli Shirova «Yil tarbiyachisi — 2026» tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘ldi.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.