Turkman xalqining boy madaniy merosi va qadimiy urf-odatlarining ajralmas qismi bo‘lgan kashtachilik san’ati o‘zining go‘zalligi, nafisligi hamda teran mazmuni bilan milliy qadriyatlar orasida alohida o‘rin egallaydi. Asrlar davomida takomillashib kelgan ushbu san’at bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmay, yangi avlodlar tomonidan davom ettirilmoqda.

Ayni kunlarda o‘tkazilayotgan «Turkman kashtachilik san’ati — milliy merosimiz» tanlovining viloyat bosqichlari ham ushbu qadimiy san’atning yashab kelayotganini yaqqol namoyon etmoqda. Tanlov turkman ayollarining ijodiy qobiliyati, mahorati va milliy merosga bo‘lgan muhabbatini ko‘rsatish uchun keng imkoniyat yaratadi.

Turkman ayollari qo‘l mehnati bilan yaratadigan kashtalar xalqimizning ma’naviy dunyosi, go‘zallik haqidagi tasavvurlari va milliy o‘ziga xosligining betakror ifodasidir. Har bir naqshda hunarmandning mehnati, iste’dodi va badiiy qarashlari aks etadi.

Asrlar qa’ridan ildiz olgan kashtachilik shunchaki kiyim-kechaklarni bezash usuli emas. U turkman xalqining tarixi, orzu-umidlari, turmush tarzi va badiiy olamini o‘zida mujassam etgan qimmatli madaniy xazinadir. Shu bois ushbu san’atni asrab-avaylash, o‘rganish va kelajak avlodlarga yetkazish milliy meros davomiyligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.