
Turkmaniston Prezidenti 20-mart kuni o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasining navbatdagi majlisida paxta ekish mavsumiga oq fotiha berishi bilan bugun mamlakatning barcha viloyatlarida chigit ekishga kirishilmoqda. Bu haqda «Turkmenistan» gazetasida xabar berildi.
Joriy yilda mamlakatning Axal viloyatida g‘o‘zaning o‘rta tolali «Yo‘lo‘tan — 7», «Yo‘lo‘tan — 39», «Jayhun» va ingichka tolali «Yo‘lo‘tan — 14» navlari, Bolqon viloyatida o‘rta tolali «Yo‘lo‘tan — 7», «Jayhun» navlari, Dosho‘g‘uz viloyatida o‘rta tolali «Dosho‘g‘uz — 114», «Dosho‘g‘uz — 120», «Jayhun» va «F — 149» navlari, Lebap viloyatida o‘rta tolali «Yo‘lo‘tan — 7», «Yo‘lo‘tan — 39», «Yo‘lo‘tan — 53», «S — 2606», «Garashsyzlyk — 30» navlari, Mari viloyatida o‘rta tolali «Yo‘lo‘tan — 7», «Yo‘lo‘tan — 39», «Yo‘lo‘tan — 53», «Yo‘lo‘tan — 50», «TOHU — 17» va ingichka tolali «Yo‘lo‘tan — 14» navlari ekiladi.
Keywords