So‘nggi vaqtlarda «Changan» avtomobil brendi iste’molchilar orasida tobora keng tanilmoqda. Ushbu brend Xitoyning yirik davlat avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan «Changan Automobile Group» kompaniyasiga tegishli. U zamonaviy dizayni, texnologik imkoniyatlari va hashamatli jihatlari bilan ajralib turadi.
Kompaniyaning bosh qarorgohi Chunsin shahrida joylashgan. «Changan» umumiy ishlab chiqarish hajmi 20 million avtomobildan oshgan birinchi Xitoy avtomobil kompaniyasi sifatida tanilgan. Shuningdek, u har yili 2 milliondan ortiq avtomobil eksport qiladi. «Changan» so‘zi xitoy tilidan tarjima qilinganda «uzoq muddatli xavfsizlik» ma’nosini anglatadi.
Kompaniyaning ishlab chiqarish tizimi to‘rtta asosiy avtomobil brendini — «Changan Auto», «Deepal», «Avatr» va «Changan Kaicene» markalarini qamrab oladi. Ular orasida eng keng tanilgani «Changan Auto» brendidir.
«Changan Auto» 2006-yildan buyon o‘z nomi ostida avtomobillar ishlab chiqaradi. Shoxlari keng taralgan bug‘u shoxlarini eslatuvchi logotipi bilan tanilgan ushbu brend turli rusumdagi avtomobillarni taklif etadi. Ular qatoriga «Eado», «Raeton», «UNI-V», «CS35 Plus», «CS55 Plus», «CS75 Plus», «CS75 Pro/X7 Plus», «X5 Plus», «F70», «Hunter», «Lantuozhe», «UNI-K», «UNI-T» va «UNI-Z» kabi 14 ta model kiradi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.