
«Türkmenpoçta» pochta aloqa kompaniyasi dunyoning yirik marketpleyslari bilan pochta jo‘natmalarini yetkazib berish bo‘yicha zamonaviy yechimlarni joriy etishni davom ettirmoqda.
Shu munosabat bilan, yaqin vaqt ichida vatandoshlarimiz uchun «Amazon», «eBay», «AliExpress», «Rakuten», «Wildberries», «Adex», «Omniva», «Internet Resheniya» kabi xorijiy yirik internet-savdo maydonchalari va internet do‘konlaridan sotib olingan tovarlarni Turkmanistonga yetkazib berishni tashkil etish bo‘yicha yangi soddalashtirilgan xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Türkmenaragatnaşyk» agentligining rasmiy saytida xabar berildi.
Pochta jo‘natmalarini qayta ishlashning shaffofligi va yuqori tezligini ta’minlash maqsadida, «Türkmenpoçta» Butunjahon pochta ittifoqining asosiy raqamli ekotizimlariga ulandi:
Ushbu tizimlardan foydalanish logistikani to‘liq avtomatlashtirishga, ma’lumotlar almashinuvi xavfsizligini kafolatlashga va xizmat ko‘rsatish sifatini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi. Mijozlar o‘z buyurtmalarini real vaqt rejimida kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi, bojxona amaliyotlaridan o‘tish bosqichi esa yanada tez va samarali kechadi.
Kompaniyaning hozirgi strategiyasi elektron tijorat sohasida innovatsion yechimlarni joriy etishga hamda Turkmanistonni dunyoning yirik savdo gigantlari bilan bog‘laydigan ishonchli logistika tizimini yaratishga qaratilgan.
Keywords