Lebap viloyati Chorjoʻy tumanining Xojayili gengeshligiga qarashli Duryyap qishlog‘ida 400 o‘rinli yangi 28-sonli o‘rta maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Lebap.biz sayti xabar beradi.

Zamonaviy o‘quv binosi eski maktab yaqinida «Astana gurluşyk» xo‘jalik jamiyati mutaxassislari tomonidan qurilib, o‘quvchilarning zamonaviy ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Ochilish marosimi kuy-qo‘shiqqa boy chiqishlar bilan birga o‘tdi. Tadbir qatnashchilari yangi bilim maskanining foydalanishga topshirilishining ahamiyati haqida so‘zga chiqdilar. Nuroniylarning oq patasidan so‘ng maktabning ochilishini bildiruvchi lenta kesildi.

Marosim davomida qurilish ishlarida faollik ko‘rsatgan 10 nafar mutaxassisga Turkmaniston Prezidenti nomidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Mehmonlar yangi maktabning sinf xonalarini ko‘zdan kechirib, uning zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlanganiga amin bo‘ldilar.

Yangi maktabning ochilishi Duryyap qishlog‘i o‘quvchilari uchun qulay ta’lim sharoitlarini yaratib, Lebap viloyatida ta’lim tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shdi.