Ruminiya 2027–2028-o‘quv yilida Turkmaniston fuqarolari uchun 107 ta stipendiya ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ruminiyaning Turkmanistondagi elchisi Ion Naval 27-noyabr kuni Ruminiya Milliy kuni munosabati bilan tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ma’lum qildi.
Tadbirda Turkmaniston Hukumati nomidan moliya va iqtisodiyot vaziri, iqtisodiy hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Turkmaniston-Ruminiya hukumatlararo komissiyasining Turkmaniston tomoni rahbari vazifasini bajaruvchi Mämmetguly Astanagulow ishtirok etdi.
Elchi o‘z nutqida ta’lim sohasi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, Ruminiya va Turkmaniston ta’lim vazirliklari o‘rtasida amalda bo‘lgan hamkorlik dasturi doirasida turkmanistonlik yoshlar uchun ajratiladigan stipendiyalar soni sezilarli darajada oshirilgan.
Ion Naval 2027–2028-o‘quv yili uchun turkmanistonlik talabalarga 107 ta stipendiya ajratilishini e’lon qilib, so‘nggi yillarda Ruminiyada ta’lim olishga qiziqish bildirayotgan turkmanistonlik yoshlar soni ortib borayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u Ruminiya xorijiy talabalarga yuqori sifatli akademik muhitda ta’lim olish uchun keng imkoniyatlar taqdim etishini bildirdi.
Stipendiyalar sonining oshirilishi ikki mamlakatning ta’lim sohasidagi hamkorligini yanada rivojlantirish, yoshlarning xalqaro ta’lim makoniga integratsiyalashuvi hamda kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishga xizmat qiladi. Bunday imkoniyatlar turkmanistonlik yoshlarga xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olib, orttirgan bilim va tajribalarini kelgusida mamlakat taraqqiyotiga yo‘naltirish imkonini beradi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.