Dashoguz viloyatida sholi hosilini yig‘ishtirish mavsumi tobora keng quloch yoymoqda. Mintaqada sholi yetishtirishda yetakchi o‘rinlarni egallab turgan dehqon birlashmalari bilan bir qatorda, xususiy ishlab chiqaruvchilar ham ushbu ishlarda faol ishtirok etmoqda.
Viloyatda sholi yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi asosiy ishlab chiqaruvchilar qatorida S. Turkmanboshi etr apidagi S.A. Niyozov nomidagi hamda «27-oktabr» dehqon birlashmalari alohida o‘rin tutadi. Mahalliy xususiy tuzilmalar ham sholi ishlab chiqarishga tobora katta hissa qo‘shmoqda. Ulardan biri bo‘lgan «Ykbal açary» xo‘jalik jamiyati bu yil 800 gektar maydonda sholi yetishtirdi.
Mavsumga tashkiliy jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rilgani va ishlar talab darajasida yo‘lga qo‘yilgani natijasida, hosil yig‘im-terimining dastlabki kunlarida 600 gektardan ortiq maydondagi sholi o‘rib olindi. Bu ishlarda zamonaviy, yuqori unumdor kombaynlar hamda yig‘ib olingan donni tashish uchun zarur bo‘lgan boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanilmoqda.
Bu yilgi hosilning asosiy qismini mahalliy iqlim va tuproq sharoitlariga yaxshi moslashgan «Nukus-2» navli sholi tashkil etadi. Ushbu nav yuqori hosildorligi, kasalliklarga chidamliligi, shuningdek, poyasining yotib qolishi va donining to‘kilishiga qarshi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, uning ta’m xususiyatlari iste’molchilar orasida katta talabga ega bo‘lishiga yordam beradi.
Dashoguz viloyati Turkmanistonning yirik sholi yetishtiruvchi hududlaridan biridir. Bu yerda sholi yetishtirishdan tortib, uni chuqur qayta ishlashgacha bo‘lgan barcha ishlab chiqarish bosqichlari yo‘lga qo‘yilgan. S. Turkmanboshi etrapida, sholi yetishtiriladigan maydonlar yaqinida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan sholi tozalash korxonasining qurilishi ham sohaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Viloyat dehqonlari joriy mavsumda dalalardan kamida 35 ming tonna sholi yig‘ib olishni maqsad qilganlar. Hosilni yig‘ishtirish ishlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifat bilan amalga oshirish ushbu vazifani bajarishda muhim ahamiyatga ega.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.