Lebap viloyatining Çärjew tumanidagi «Jeýhun» dehqon birlashmasi bog‘bonlari joriy yilda uzum hosilini muvaffaqiyatli yig‘ib olib, yuqori natijalarga erishdilar. Ularning mehnati mamlakat ichki bozorlarida oziq-ovqat mo‘l-ko‘lligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda. Bu haqda Lebap.biz nashri xabar bermoqda.
Dehqon birlashmasining bog‘dorchilikka ixtisoslashgan ijarachilar guruhiga 62 gektardan ortiq bog‘ maydoni biriktirilgan. Bu yerda 85 nafar tajribali bog‘bon mehnat qilmoqda. Ushbu maydonning qariyb yarmini uzumzorlar tashkil etadi.
«Mustaqil, doimiy betaraf Turkmaniston — tulporlar shiddat bilan chopadigan, ezgu maqsadlar maskani» yilida bog‘bonlar uzumzorlar hosildorligini oshirib, mo‘l hosil olishga muvaffaq bo‘ldilar.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.