
Turkmaniston Davlat migratsiya xizmatida Malayziyaning Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mohd Suhaimi bin Ahmad Tajuddin bilan ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda xizmatning rasmiy saytida xabar berildi.
Xabarda ta’kidlanganidek, ishchi uchrashuvida tegishli sohadagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, uning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar samarali aloqalarni faollashtirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdilar.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona munosabatlar mamnuniyat bilan e’tirof etilib, migratsiya sohasidagi hamkorlik natijasida birgalikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Tomonlar hamkorlik kelgusida ham izchil rivojlanishiga ishonch bildirib, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan muhim ishlarda muvaffaqiyatlar tiladilar.
Keywords