Turkmaniston Davlat tijorat «Dayhanbank» banki oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarga hamda ularning oilalariga o‘qish to‘lovlarini to‘lash uchun «Talyp karzy» («Talaba krediti») nomli maxsus imtiyozli kreditni taqdim etadi.

Bank ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur kredit yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy tashabbuslarini rag‘batlantirish va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha mamlakatda olib borilayotgan siyosat doirasida yo‘lga qo‘yildi.

«Talyp karzy» faqat Turkmanistonning oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan talabalarga beriladi. Kredit naqd pulsiz shaklda rasmiylashtirilib, faqat o‘qish to‘lovini to‘lash uchun mo‘ljallangan.

Kreditning asosiy shartlari:

  • Kredit miqdori: 42 000 manatgacha;

  • Yillik foiz stavkasi: 5%;

  • Kredit muddati: 3 yilgacha.

Kredit miqdoriga qarab ta'minot talablari ham belgilanadi. 10 000 manatgacha bo‘lgan kredit uchun bir yoki bir nechta fuqaroning kafilligi qabul qilinadi. 15 000 manatgacha bo‘lgan kredit olish uchun ikki yoki undan ortiq fuqaroning kafilligi talab etiladi. 15 000 manatdan 42 000 manatgacha bo‘lgan kreditlar esa garov bilan ta'minlanadi.

«Dayhanbank» o‘qish to‘lovini to‘lash uchun kredit olish istagida bo‘lgan mijozlarning arizalari va zarur hujjatlarini, shu jumladan onlayn tarzda bankning rasmiy veb-sayti orqali ham qabul qilishini bildirdi.

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun bankning hududiy bo‘linmalariga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin:

  • Ashxobod: (+993 12) 38-03-79, 38-02-86, 24-44-55, 24-52-85

  • Ahal viloyati: (+993 137) 33-4-39

  • Bolqon viloyati: (+993 246) 52-1-51

  • Dashoguz viloyati: (+993 322) 93-5-07

  • Lebap viloyati: (+993 422) 91-3-48

  • Mary viloyati: (+993 522) 67-6-40

«Talyp karzy» o‘qish to‘lovlarini imtiyozli shartlarda to‘lash imkoniyatini yaratib, talabalar va ularning oilalarining moliyaviy yukini kamaytirishga qaratilgandir.