
Xitoyning BYD kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Denza brendi o‘zining yangi elektromobilini tanishtirdi. «Denza Z9 GT» deb nomlangan ushbu avtomobil bir marta quvvatlanish orqali 1036 kilometrgacha yo‘l bosa oladi. Ushbu ko‘rsatkich hozirgi vaqtda sotuvda mavjud bo‘lgan barcha elektromobillarnikidan ko‘pdir. To‘liq elektr energiyasida ishlaydigan ushbu ulov 122,5 kVt/soat quvvatga ega batareya to‘plami bilan jihozlangan.
Shuningdek, avtomobilning gibrid ko‘rinishi borligi ham ma’lum qilindi. Ushbu modelda 2 litr hajmli bitta benzinli dvigatel hamda 3 ta elektr motor mavjud. Avtomobil faqat elektr motorining o‘zi bilan 400 kilometr yo‘l bosishi mumkin.
Keywords