
«Shimol–Janub» va «Sharq–G‘arb» xalqaro transport yo‘llarini rivojlantirish Eron uchun strategik ahamiyatga ega. Bu haqda Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masud Pezeşkian Temir yo‘l infratuzilmasiga bag‘ishlangan Tahrandagi uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar beradi Trend agentligi.
Eron Yo‘l va shaharsozlik vaziri Farzane Sadeg koridorlarni qurish, temir yo‘llarni modernizatsiya qilish va mavjud loyihalarni yakunlash uchun ichki va xorijiy sarmoyalar jalb qilinayotganini bildirdi. Hukumat hujjatlarni topshirish tartibini soddalashtirish va mavjud cheklovlarni bartaraf etish orqali infratuzilma loyihalarini tezlashtirishga qaratilgan.
«Shimol–Janub» xalqaro transport yo‘li 2000 yilda Rossiya, Eron va Hindiston o‘rtasida imzolangan kelishuvga binoan tashkil etilgan. Yo‘l uch yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: sharqiy yo‘l — Turkmaniston va Markaziy Osiyo orqali, o‘rta yo‘l — Kaspiy dengizi orqali Rossiyaga, g‘arbiy yo‘l — Kavkaz va Sharqiy Yevropa davlatlari orqali.
2023-yil 17-mayda Rossiya va Eron Gilan viloyatining shimolida joylashgan Rasht–Astara temir yo‘lini qurish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Yo‘l uzunligi taxminan 163 km, to‘qqiz stansiya qurilishi ko‘zda tutilgan. Loyiha «Shimol–Janub» koridorini mustahkamlab, Eron temir yo‘l tarmog‘ini Kavkaz, Rossiya va Shimoliy Yevropa bilan bog‘laydi. Rossiya sarmoyasi €1,6 milliard, qurilish muddati esa 48 oy.
Keywords