
Qishning so‘nggi kunida Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) futbol qoidalariga bir qator muhim o‘zgartirishlar kiritdi. Bu qoidalar klublar darajasida 2026/2027-yilgi mavsumdan kuchga kiradi, milliy terma jamoalar esa ularni jahon chempionatida qo‘llaydilar.
IFAB o‘yinni ataylab to‘xtatib turishga qarshi kurashishga qaror qildi Yangi kiritilgan uchta qoidadan biri mag‘lub bo‘layotgan jamoalarning g‘azabini keltiradigan vaqtni boy berish masalasiga tegishli. Endi o‘yinchi almashtirilayotgan vaqtda, maydondan chiqayotgan futbolchi 10 soniya ichida maydonni tark etishi shart. Aks holda, zaxiradagi o‘yinchining maydonga tushishiga ruxsat berilmaydi va o‘yinchi almashtirayotgan jamoa keyingi safar o‘yin to‘xtaguncha yoki bir daqiqa davomida maydonda o‘n kishi bo‘lib o‘ynashiga to‘g‘ri keladi. Avval ham vaqt yo‘qotilishining oldini olish uchun choralar ko‘rilgan edi, masalan, o‘yinchilarga maydonning istalgan joyidan chiqishga ruxsat berilgandi, ammo hisobda oldinda borayotgan jamoalar boshqa usullarni topishardi.
Shuningdek, iyun oyidan boshlab to‘pni o‘yinga kiritish (aut) va darvozadan zarba berishda vaqt hisobi yuritiladi. Agar hakam vaqtning ataylab cho‘zilayotganini ko‘rsa, besh soniyali vizual teskari hisob boshlanadi. Agar shu vaqt ichida to‘p o‘yinga kiritilmasa:
VAR ikkinchi sariq kartochkalarni tekshirishi mumkin VAR protokolida ham o‘zgarishlar bo‘ldi. Birinchidan, videokuzatuv tizimining o‘yin gidişiga ta’sir qiladigan faqat to‘rtta epizod bilan cheklanishi rejalashtirilmoqda. Agar aniq dalillar bo‘lsa, endi yaqqol noto‘g‘ri berilgan ikkinchi sariq kartochkadan keyin ko‘rsatilgan qizil kartochkaga tegishli holatlarni tekshirishga ruxsat beriladi. Ta’kidlash joizki, bu yangilik VAR tizimi joriy etilgan kundan beri zarurdek ko‘rinardi.
Bundan tashqari, agar o‘yinning qayta boshlanishiga xalaqit bermasa, noto‘g‘ri belgilangan burchak zarbalarini tekshirish uchun videotakrorlardan foydalanishga ruxsat beriladi. Masalan, ko‘plab kameralar va texnologiyalar bilan ta’minlanadigan 2026-yilgi jahon chempionatida hakamlar bunday vaziyatlarga tezda baho berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
“Venger ofsaydi” bo‘yicha sinovlar “Arsenal”ning sobiq bosh murabbiyi va hozirda FIFAning global futbolni rivojlantirish bo‘limi rahbari Arsen Venger yangi taklif bilan chiqdi. Uning taklifiga ko‘ra, agar o‘yinchining gol urishi mumkin bo‘lgan har qanday tana a’zosi oxirgi himoyachi bilan bir chiziqda yoki undan orqada bo‘lsa (tananing boshqa a’zolari chiziqdan oldinda bo‘lsa ham) ofsayd hisoblanmaydi. “O‘yindan tashqari holat” faqat hujumchi butun tanasi bilan raqib darvozasi chizig‘iga to‘pdan va raqibning oxirgi o‘yinchisidan yaqinroq bo‘lgan taqdirdagina hisobga olinadi.
BBC xabariga ko‘ra, Kanada Premer-ligasi ushbu taklifni sinovdan o‘tkazish masalasini ilgari surdi. Kanadadagi sinovlar natijalari yil oxirida IFABga taqdim etiladi. Bu qoidalarning 2027/28-yilgi Yevropa mavsumigacha butun dunyoda kuchga kirishi ehtimoli bor.
Keywords