
Turkmaniston Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligining Gidrometeorologiya xizmati mamlakatda ushbu hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Poytaxt Ashxobodda havo oʻzgaruvchan bulutli boʻlib, hafta boshi va ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Janubi-sharqdan shimoli-gʻarbga yoʻnalishini oʻzgartiruvchi shamol tezligi soniyasiga 10–13 metrdan 14–16 metrgacha yetadi. Havo harorati kechasi +3...+5 darajadan +9...+11 darajagacha, kunduzi +12...+14 darajadan +26...+28 darajagacha iliq boʻladi.
Axal viloyatida havo oʻzgaruvchan bulutli boʻlib, hafta boshi va ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Shamol tezligi 8–13 m/s, ba’zi joylarda 11–16 m/s gacha yetadi. Harorat kechasi +2...+7 dan +7...+12 darajagacha, kunduzi +10...+15 dan +24...+29 darajagacha iliq boʻladi.
Bolqon viloyatida havo oʻzgaruvchan bulutli, hafta boshi va ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Shamol tezligi 9–14 m/s, ba’zi joylarda 12–17 m/s gacha yetadi. Harorat kechasi +2...+7 dan +8...+13 darajagacha, kunduzi +22...+27 daraja, qirgʻoqboʻyi tumanlarida +12...+17 daraja iliq boʻladi.
Mari viloyatida havo oʻzgaruvchan bulutli, hafta boshi va oxirida yomgʻir yogʻadi. Shamol tezligi 7–12 m/s, ba’zi joylarda 11–16 m/s gacha yetadi. Harorat kechasi +3...+8 dan +8...+13 darajagacha, kunduzi +9...+14 dan +23...+28 darajagacha iliq boʻladi.
Lebap viloyatida havo oʻzgaruvchan bulutli, hafta boshi va oxirida yomgʻir yogʻadi. Shamol tezligi 8–13 m/s, ba’zi joylarda 12–17 m/s gacha yetadi. Harorat kechasi +3...+8 dan +9...+14 darajagacha, kunduzi +10...+15 dan +21...+26 darajagacha iliq boʻladi.
Doshogʻuz viloyatida havo oʻzgaruvchan bulutli, hafta boshi va ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Shamol tezligi 7–12 m/s, ba’zi joylarda 11–16 m/s gacha yetadi. Harorat kechasi 0...+5 dan +4...+9 darajagacha, kunduzi +6...+11 dan +17...+22 darajagacha iliq boʻladi.
Keywords