Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Tovar va ta’lim vazirligi 2026–2027-o‘quv yili uchun «Haydar Aliyev nomidagi xalqaro ta’lim granti» dasturi boshlanganini e’lon qiladi. Ozarbayjon Hukumatining oliy ta’lim olish uchun mo‘ljallangan stipendiyasi 5 yil davomida har yili beriladi.
«Haydar Aliyev nomidagi xalqaro ta’lim granti» dasturi saralab olingan nomzodlarga Ozarbayjonning yetakchi universitetlarida tayyorlov kurslarida, shuningdek, bakalavriat, magistratura, doktorantura, umumiy tibbiyot bo‘yicha ordinatura va tibbiyot mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim olish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Har yili 100 nafar xorijlik abituriyent ushbu stipendiyani olish huquqiga ega bo‘ladi.
Stipendiyani olish uchun saralab olingan nomzodlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
- O‘QUV TO‘LOVI: Bakalavriat, magistratura, ordinatura va doktorantura bosqichlarida o‘qish davrida o‘quv to‘lovi va til tayyorlov kurslari to‘lovi (o‘quv tiliga muvofiq) to‘liq moliyalashtiriladi.
- XALQARO AVIAQATNOVLAR: Yilda bir marta Bokugacha (kelayotgan davlatidan) va Bokudan (o‘z davlatiga) ekonom-klass aviachiptasi.
- OYLIK YORDAM PULI: Yashash, kundalik xarajatlar va o‘quv qurollari uchun har oyda 800 ozarbayjon manati (470 AQSH dollari) miqdorida stipendiya (iyul va avgust oylaridan tashqari 10 oy davomida).
- TIBBIY SUG‘URTA: Ozarbayjon Respublikasida ta’lim olayotgan davrida tibbiy xizmat va dori-darmonlar uchun yillik 200 ozarbayjon manati (117 AQSH dollari) miqdorida to‘lov.
- VIZA VA RO‘YXATGA OLISH: Ozarbayjon Respublikasiga kirish uchun bir martalik viza, shuningdek, har o‘quv yili davomida mamlakatda bo‘lish uchun vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi.
Ariza berish bo‘yicha to‘liq ma’lumot bilan ushbu manba orqali tanishishingiz mumkin.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.