Hindistonning Ashxoboddagi elchixonasi Turkmanistonning iqtidorli yoshlarini 2026-yil 24-martdan 2-aprelga qadar bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo yoshlar delegatsiyasining Hindistonga tanishuv safarida ishtirok etishga taklif qiladi.
Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Turkmaniston fuqarosi bo‘lishi;
- Yoshi 15 dan 29 gacha bo‘lishi;
- Yuqori akademik yoki kasbiy yutuqlarga ega bo‘lishi;
- Ingliz tilini erkin bilishi;
- Sog‘lom va sayohatga tayyor bo‘lishi.
Saralash bosqichidan o‘tgan nomzodlar uchun quyidagi shartlar bepul ta’minlanadi:
- Xalqaro aviachipta;
- Hindistonda turar joy va ovqatlanish;
- Hindiston hududidagi transport xizmatlari.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun rezyumeingiz va pasportingiz nusxasini 2026-yil 5-martga qadar com.ashgabat@mea.gov.in elektron manziliga yuborishingizni so‘raymiz.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.