Amerikalik milliarder va tadbirkor Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida Tehas shtatida qurilishi rejalashtirilgan «Terafab» nomli chip ishlab chiqarish korxonasi loyihasi videosini joylashtirdi. «Gazeta.ru» xabariga ko‘ra, Mask ushbu videoni «Terafab dunyodagi eng yirik va eng qimmat bino bo‘ladi» degan so‘zlar bilan izohladi.
Tadbirkorga tegishli «SpaceX» kompaniyasi saytida yangi zavodning umumiy maydoni 9,3 million kvadrat metrni tashkil etishi ko‘rsatilgan. Bu «Terafab»ni dunyodagi eng yirik chip zavodiga aylantiradi.
Mask ushbu mahsulotlardan quyidagi yo‘nalishlarda foydalanishni rejalashtirmoqda:
«Cybercab» robot-taksilarida
«Optimus» odamsimon robotlarida
«SpaceX» kompaniyasining koinotdagi ma'lumotlarni qayta ishlash markazlarida
«SpaceX» tomonidan mahalliy hokimiyat organlariga taqdim etilgan biznes-rejasida yangi korxonaning umumiy qiymati 119 milliard dollarga teng ekanligi qayd etilgan.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.