
2025 yilda Turkmaniston hududidan jami 21 320 konteyner yuk tashildi. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, 10 200 konteynerga ko‘p yuk tashilgan. Bu haqda Turkmaniston Temir yo‘l transporti vazirligi xabar berdi.
Tashilgan yuklarning umumiy hajmida 10 470 konteyner tranzit, 6 450 konteyner eksport va 4 400 konteyner import yuklariga to‘g‘ri keladi.
Xabarda aytilishicha, konteyner yuk tashishlarning keng qo‘llanilishi “Shimol–Janub”, “Lapis–Lazuli” va “Sharq–G‘arb” asosiy xalqaro transport yo‘llari bo‘ylab tranzit, import va eksport yuklarining o‘sishiga yordam beradi hamda mintaqa mamlakatlari uchun qo‘shimcha logistika imkoniyatlarini yaratadi.
2025 yil yanvar–noyabr oylarida Turkmaniston hududidan 19 ming konteyner yuk tashlangan.
Keywords