Dunyoga mashhur kinoaktyor Jeki Chan «Xudoning aslhalari 4» (Armour of God 4) deb nomlangan xalqaro sarguzasht filmining ba'zi sahnalarini suratga olish uchun Boku shahriga keldi. «Kazinform» agentligi xabariga ko‘ra, mahoratli aktyor Ozarbayjon poytaxtida taxminan o‘n kun davomida bo‘ladi.

Kinoasarning asosiy suratga olish maydoni Qozog‘iston hisoblanadi. Mamlakatning Mangistau va Olmaota viloyatlarida filmning muhim epizodlari suratga olindi. Ozarbayjon esa Qozog‘iston tomonining taklifiga binoan loyihaning ikkinchi suratga olish hududi sifatida tanlandi.

Loyiha Qozog‘iston va Ozarbayjon hamkorligida amalga oshirilayotgan bo‘lib, u so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda suratga olinayotgan eng yirik xalqaro kinoloyihalardan biridir. «Xudoning aslhalari 4» mashhur filmlar turkumining mantiqiy davomi bo‘ladi. 13 yildan so‘ng Jeki Chan yana «Osiyo qirg‘iyi» laqabli afsonaviy qahramon obrazini gavdalantiradi. Filmni 2027-yilda katta ekranlarga chiqarish rejalashtirilgan.