Kulgi arterial bosimni pasaytirishga va yurak tomirlarining moslashuvchanligini yaxshilashga yordam beradi. Bu haqda rossiyalik kardiolog, tibbiyot fanlari nomzodi Yevgeniy Kokin «Life.ru» nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi. Kokin kulgi, shuningdek, yurak urishini me'yorlashtirishga va gipertoniya kasalligining asosiy sabablaridan biri bo‘lgan surunkali stressni kamaytirishga yordam berishini ta'kidladi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, kulgi yurak kasalliklariga qarshi dorilarning o‘rnini bosa olmaydi va uni mustaqil davolash usuli sifatida ko‘rmaslik kerak. Kokin kulgining foydasi bir martalik ta'sirda emas, balki muntazam ravishda uzoq muddatli ijobiy ta'sir ko‘rsatishida ekanligini qo‘shimcha qildi.