Yil boshidan buyon Kaspiy dengizi orqali konteyner tashish narxlari oshib kelganiga qaramay, oktabr oyida ular barqaror darajaga yetdi. Avvalgi davrda narxlarning ko‘tarilishiga Yaqin Sharqdagi beqaror vaziyat tufayli Xitoydan Yevropaga muqobil dengiz yo‘nalishlari orqali yuk tashishda uzilishlar yuzaga kelishi mumkinligi haqidagi xavotirlar ham ta’sir ko‘rsatgan. Bu haqda «Argus» narxlarni baholash agentligi xabar beradi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, oktabr oyida Xitoyning Sian shahridan Ozarbayjonning Alat portiga 40 futlik, yuqori hajmli (40HC) konteynerni tashish narxi 6 750–7 200 AQSh dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich sentabr oyidagi tariflar darajasida o‘zgarishsiz qoldi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.