Turkmaniston Davlat tovar-xomashyo birjasida 10–11-noyabr kunlari o‘tkazilgan savdolar yakunlariga ko‘ra, jami yettita bitim tuzildi. Ularning umumiy qiymati 101 million 518 ming 50 manat va 883 ming 200 AQSh dollariga teng bo‘ldi.
10-noyabr kuni o‘tkazilgan savdolarda Birlashgan Arab Amirliklari tadbirkorlari mahalliy ishbilarmonlar bilan paxta ip-kalavasini xarid qilish bo‘yicha bitimlar tuzdilar.
Ichki bozorda esa mahalliy tadbirkorlar bilan Turkmanistonning Davlat «Turkmennebit» konserni o‘rtasida «TPP D 30 S» rusumli polipropilenni, Turkmaniston Oziq-ovqat sanoati davlat birlashmasi bilan birinchi navli tozalangan, ya’ni rafinatsiyalangan paxta yog‘ini, «Turkmengallaonumleri» davlat birlashmasi bilan birinchi navli bug‘doy unini, shuningdek, Turkmaniston Sanoat va qurilish ishlab chiqarish vazirligi bilan shisha bankalarni xarid qilish bo‘yicha bitimlar amalga oshirildi.
Shu kuni jami oltita bitim tuzilib, ularning qiymati 101 million 518 ming 50 manat va 233 ming 200 AQSh dollarini tashkil etdi.
11-noyabr kuni o‘tkazilgan savdolarda esa BAA tadbirkorlari mahalliy ishbilarmonlardan birinchi navli bug‘doy unini xarid qilish bo‘yicha bitim tuzdilar. Ushbu bitimning umumiy qiymati 650 ming AQSh dollariga teng bo‘ldi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.