Kaspiy dengizining Turkmaniston qismidagi «Toplum-1» shartnomaviy hududida joylashgan «Magtymguly» gaz konini o‘zlashtirishda navbatdagi muvaffaqiyatga erishildi. «Türkmenistan» gazetasining xabar berishicha, kondagi A8 sonli quduq 4 981 metr chuqurlikda burg'ulanib, bir kecha-kunduzda 1 million 300 ming kub metrdan ortiq tabiiy gaz va 130 tonnaga yaqin gaz kondensati olindi.

Hozirda quduqni boshlang‘ich bosqichda o‘zlashtirish ishlari davom etmoqda. Bu natija Malayziyaning «PETRONAS Carigali» kompaniyasi hamda «Türkmennebit» davlat konserni o‘rtasidagi mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshirilgan ishlarning mevasidir.

O‘tgan 30 yil davomida Kaspiy dengizining Turkmaniston sohilida va dengiz zonasida namuna bo‘larli infrastruktura yaratildi. Dengizda 5 ta zamonaviy platforma qurildi va 40 ga yaqin burg'ulash quduqlari kavlandi. Birgalikdagi ishlar natijasida Kaspiydan 44 milliard kub metrdan ortiq gaz hamda 16 million tonna suyuq uglevodorod chiqarildi.

Hamkorlikning yangi bosqichida Kaspiydagi 19 va 20-dengiz bloklarini o‘zlashtirish hamda 11, 12, 13 va 14-bloklarda 2D seysmik tadqiqotlarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda.