«Türkmenhimiýa» davlat konsernining Bolqon viloyati, Turkmanboshi etrabi, Guwlymaýak posyolkasida joylashgan «Guwlyduz» korxonasi joriy yilning dastlabki o‘n oyida yuqori ishlab chiqarish natijalariga erishdi. Kaspiy dengizi sohilida joylashgan ushbu korxonaning ishlab chiqarish maydoni boy tuz zaxiralari bilan ajralib turadi. Bu haqda «Türkmenistan» gazetasida xabar berildi.

Hisobot davrida korxonada 81 ming 596 tonnadan ortiq tuz qazib olindi. Jumladan, donador tuz ishlab chiqarish bo‘yicha rejada belgilangan 70 ming 480 tonna o‘rniga 72 ming 530 tonna mahsulot tayyorlandi. Natijada ushbu yo‘nalishdagi reja 102,9 foizga bajarildi.

Osh tuzini qadoqlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish borasida ham ijobiy natijalarga erishildi. Yil boshidan buyon 20 ming 387 tonnadan ortiq osh tuzi ishlab chiqarilib, reja 101,7 foizga bajarildi.

Korxonaning iqtisodiy va moddiy-texnik bazasini izchil mustahkamlash ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining oshishiga xizmat qilmoqda.