
Hurmatli fuqarolar! Koreya Respublikasining “Daewoo Engineering & Construction Co, Ltd” kompaniyasining Turkmanistondagi filiali Turkmanoboddagi S. A. Niyozov nomidagi kimyo zavodining mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan yangi majmuasi qurilishida ishlash istagida bo‘lganlarni ishga taklif etadi.
Ishga joylashishni xohlovchilar ariza va o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni (anketasini) zavodning bosh darvozasi yonidagi qorovulxona oldida joylashtirilgan maxsus qutiga qoldirishlari mumkin. Arizalar va ma’lumotlar kompaniya vakillari tomonidan ko‘rib chiqilib, mutaxassisligi, ma’lumoti va qobiliyati bo‘yicha talablarga javob beradigan nomzodlar ishga qabul qilinadi. Arizalar va ma’lumotlar joriy yilning 13-martidan qabul qilina boshlanadi.
Keywords