
Koreya Respublikasi dunyoda birinchi boʻlib sunʼiy intellekt boʻyicha har tomonlama qonun yaratgan davlat boʻldi. Mamlakatda «Sunʼiy intellekt asoslari toʻgʻrisida»gi qonun («AI Basic Act») kuchga kirdi, deb xabar bermoqda «The Wall Street Journal» nashri.
Hujjat 6 boʻlimdan iborat boʻlib, 43 moddani oʻz ichiga oladi. Qonunga koʻra, kompaniyalar talab qilingan taqdirda SI (Sunʼiy Intellekt) tizimlarining ishlash mantiqini tushuntirib berishga va bu jarayonga insonning aralashuvi uchun imkoniyat yaratishga majburdir.
Shuningdek, agar xizmat sunʼiy intellekt algoritmlari asosida ishlayotgan boʻlsa, kompaniyalar bu haqda foydalanuvchilarni xabardor qilishlari kerak (masalan, ekranda paydo boʻladigan ogohlantirishlar orqali). Ushbu qoida, jumladan, qarz oluvchilar va ishga kirish uchun nomzodlarning qobiliyatlarini baholaydigan tizimlarga ham tegishlidir.
Haqiqiy hayotdan farqlab boʻlmaydigan, sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan kontentlarda maxsus ogohlantirishlar joylashtirilishi shart. Bundan tashqari, qonun mamlakatda sunʼiy intellekt rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash yoʻllarini ham belgilaydi.
Keywords