
Tez orada mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi xodimlaridan katta mas’uliyat talap qiladigan g‘o‘za ekish ishlariga kirishiladi. Ekish mavsumi yaqinlashgani sayin, rejalashtirilgan agrotexnik tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish sur’atlari ham kuchaymoqda.
Muhtaram Prezidentimizning ushbu muhim mavsumga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish borasidagi topshiriqlaridan kelib chiqib, Ko‘ytendog‘ tumanidagi «Obahyzmat» ishlab chiqarish korxonasi mexanizatorlari ham samarali ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Korxona xodimlari 20 ga yaqin g‘o‘za ekish mashinalarini, 5 ta «MONOSEM NG-Plus-4» rusumli aniq ekish agregatlarini, 22 ta oddiy seyalkalarni hamda mavjud barcha borona va malalarni mavsumga shay holatga keltirdilar. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, joriy mavsumda 8450 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan. Ijarachilar va mexanizatorlar ekish ishlarini belgilangan muddatlarda va agrotexnika talablariga muvofiq o‘tkazish uchun hozirdan harakat qilmoqdalar.
— G‘o‘za ekish mavsumi tobora yaqinlashmoqda. Mavsumda ishlarni tizimli tashkil etishda Jumanazar Xalmiradov, Xalboy Xurramov, Baxtiyor Begenjov kabi usta-ta’mirlovchilarimiz, Axmet Xudaybergenov, Chari Kulsaxadov, Quvandiq Tursunpo‘latov, Jeyhun Seytiyev kabi mexanizatorlarimiz alohida jonbozlik ko‘rsatdilar. Texnikalarimiz bahorgi ekishga to‘liq tayyor. Nasib bo‘lsa, mavsumni yuqori tashkiliy darajada o‘tkazamiz, — deydi korxona mexanigi Ramazan Namazov ishonch bilan.
Keywords