
Fuqarolar diqqatiga!
Turkmanobod shahar Mehnat va aholini ish bilan ta’minlash bo‘limi 2026-yil 1-aprel kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha Turkmanobod shahar, Maxtumquli ko‘chasi, 2-uy manzilida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazilishini ma’lum qiladi. Korxona va tashkilotlar bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar bilan ishtirok etishlari, ish qidirayotgan fuqarolar esa shaxsini tasdiqlovchi hujjat, mehnat daftarchasi va diplomlari bilan kelishlari so‘raladi. Telefon: +993(422) 3-17-28.
“Ochiq eshiklar” kuni
Seyitnazar Seydi nomidagi Turkman davlat pedagogika instituti 2026-yil 25-aprel va 9-may kunlari “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi. Yoshlarga institutdagi mutaxassisliklar, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar, talabalar hayoti va sport sharoitlari haqida ma’lumot beriladi. Tadbirlar soat 15:00 da Turkmanobod shahar, Shabende ko‘chasi, 7-uyda boshlanadi. Telefonlar: (8422) 3-04-21; 3-67-02; 3-25-44. Sayt: www.tdmugi.edu.tm.
Viloyat aholisi diqqatiga!
2026-yil 2 va 16-aprel kunlari soat 17:30 dan 19:00 gacha Labap viloyat adolat bo‘limi binosida (Turkmanobod sh., A. Niyozov ko‘chasi, 8-uy) huquqiy masalalar bo‘yicha fuqarolarni qabul qilish tadbiri bo‘lib o‘tadi. Unda adliya, prokuratura, sud idoralari xodimlari va advokatlar ishtirok etadi. Telefon: +993422 3-20-54.
Keywords