
Viloyatimiz aholisi diqqatiga!
2026-yil 5 va 19-mart kunlari viloyat adolat bo‘limi va adliya tizimiga kiruvchi boshqa xizmatlar, prokuratura, sud idoralari mas’ul xodimlari hamda advokatlar hay’ati a’zolari ishtirokida huquqiy masalalar bo‘yicha fuqarolarning jamoatchilik qabuli o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. Qabul Turkmanobod shahri, A.Niyozov ko‘chasi, 8-uy manzilida — viloyat adolat bo‘limi binosida soat 17:30 dan 19:00 gacha bo‘lib o‘tadi.
Bog‘lanish uchun telefon raqami: +993422 3-20-54.
Ishga taklif qilamiz!
Turkmanobod xalqaro aeroporti quyidagi bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha mutaxassislarni ishga taklif etadi:
— muhandis-elektronchi, oliy ma’lumotli, kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim;
— elektromontyor, tegishli o‘quv kursini tamomlagan, kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim;
— bog‘dorchilik va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha ishchi;
— yong‘indan qutqaruvchi, harbiy xizmatni o‘tagan va kamida boshlang‘ich professional ma’lumotga ega bo‘lishi lozim;
— aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha nazoratchi, harbiy xizmatni o‘tagan va kamida boshlang‘ich professional ma’lumotga ega bo‘lishi lozim;
— slesar-ta’mirlovchi, mutaxassisligi bo‘yicha tegishli o‘quv kursini tamomlagan bo‘lishi lozim.
Keywords