
Viloyatimiz aholisi diqqatiga!
Fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha viloyat, shahar va tuman komissiyalarining 2026-yil aprel oyidagi fuqarolarni qabul qilish jadvali haqida xabar beramiz. Viloyat hokimligi komissiyasining qabuli 2026-yil 4 va 18-aprel kunlari soat 08:00 da boshlanadi. Shahar va tuman hokimliklarida qabul 2026-yil aprel oyining shanba kunlari soat 08:00 da boshlanadi.
Fuqarolar diqqatiga!
Kerki tumani Mehnat va aholini ish bilan ta’minlash bo‘limi 2026-yil 7-aprel kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha Kerki tumani Mehnat va aholini ish bilan ta’minlash bo‘limi binosida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazilishini ma’lum qiladi. Korxona, tashkilot, muassasa va xususiy tadbirkorlardan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar bilan o‘z vakillarining ishtirokini ta’minlashlarini so‘raymiz. Ishga joylashmoqchi bo‘lgan fuqarolardan esa shaxsini tasdiqlovchi hujjat, agar mavjud bo‘lsa mehnat daftarchasi hamda mutaxassisligini tasdiqlovchi hujjat bilan tadbirda ishtirok etishlarini so‘raymiz.
BIZNING MANZIL: Kerki tumani, Kerki shahri, A. Niyozov ko‘chasi, 7-uy. Bog‘lanish uchun telefonlar: +993 (444) 2-10-59, 2-03-84.
Keywords