
“Manchester United” Angliya Premer-ligasi doirasida 2022-yildan buyon ilk bor “Arsenal” ustidan g‘alaba qozondi.
Angliya chempionatining 2025/2026-yilgi mavsumi 23-turi doirasida “Arsenal” “United”ni qabul qildi. 25-yanvar kuni Londonning “Emirates” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Hisob kutilmaganda ochildi. Uchrashuvning 29-daqiqasida “Manchester United” himoyachisi Lisandro Martines to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. Shundan so‘ng mehmonlar tezda o‘ziga keldi: 37-daqiqada Brayan Mbemo hisobni tenglashtirdi, 50-daqiqada esa Patrik Dorgu jamoasini oldinga olib chiqdi.
O‘yinning so‘nggi daqiqalari nihoyatda keskin kechdi. 84-daqiqada “Arsenal” futbolchisi Mikel Merino hisobni tenglashtirdi (2:2). Biroq uch daqiqadan so‘ng Mateus Kunья yana gol urib, “United”ga muhim 3:2 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
Ta’kidlash joizki, “Manchester United” Premer-ligada “Arsenal”ni oxirgi marta 2022/2023-yilgi mavsumning 6-turida mag‘lub etgan bo‘lib, o‘shanda uchrashuv 3:1 hisobida yakunlangan edi.
Hozirda “Arsenal” 50 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilikni saqlab qolmoqda. “Manchester United” esa 38 ochko bilan to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Keywords