
Muqaddas Mustaqilligimizning shonli 35 yillik sanasi keng nishonlanadigan «Mustaqil, boqiy Betaraf Turkmaniston – bedov otlar va orzular ushaladigan makon» yilida Bolqon viloyati qishloq xo‘jaligi xodimlari yerlarga agrotexnika talablari asosida namunali xizmat ko‘rsatmoqdalar. Viloyat miqyosida ular bo‘lajak ekish mavsumida 13 ming gektar maydonda g‘o‘za ekishni uyushqoqlik bilan o‘tkazib, joriy yilda 16 ming tonna barakali hosil yig‘ishtirib olishni rejalashtirmoqdalar.
Bu borada viloyat qishloq mehnatkashlari muhtaram Prezidentimizning Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining qishloq xo‘jaligi majmuasiga mas’ul o‘rinbosari va viloyat hokimlari ishtirokida raqamli tizim orqali o‘tkazayotgan ishchi yig‘ilishlarida g‘o‘za ekish mavsumi munosabati bilan berayotgan topshiriqlaridan kelib chiqib, mehnat sur’atlarini kundan-kun oshirmoqdalar. Shu kunlarda muhim mavsumga tayyorgarlik doirasida jadal davom etayotgan ishlarda «Balkanobahyzmat» ishlab chiqarish birlashmasining mexanizatorlari, muhandis-texnik xodimlari alohida faollik ko‘rsatmoqdalar. Xususan, birlashmaning Qizilarbat va Bereket tuman «Obahyzmat» ishlab chiqarish korxonalari tomonidan quvvatli texnikalarni g‘o‘za ekishga tayyorlashda maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash joizki, ular Qizilarbat, Bereket, Magtimquli, Etrak va Esenguli tumanlarida joriy yil hosili uchun shu bahorda g‘o‘za ekiladigan yerlarni haydash, tekislash va egat olish ishlarini erta muddatlarda muvaffaqiyatli yakunladilar. Viloyat ekin maydonlarining sug‘orish tizimlari ham tozalanib, navbatdagi mavsumga ishonchli darajada tayyor qilindi. Shuningdek, G‘arbiy mintaqaning tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan, yuqori hosil beradigan g‘o‘za urug‘lari tanlab olindi.
Yuqori mehnat jo‘shqinligida davom etayotgan «Mustaqil, boqiy Betaraf Turkmaniston – bedov otlar va orzular ushaladigan makon» yilining hozirgi xushhavo va yomg‘irli bahor mavsumida ham bolqonlik qishloq mehnatkashlarining tinimsiz sa’y-harakatlari muvaffaqiyatlarga ulanmoqda. Bu esa ularning bo‘lajak g‘o‘za ekishini qisqa muddatlarda va yuqori sifatli o‘tkazish borasidagi intilishlari samarali bo‘lishidan dalolat beradi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda viloyatda ekish mavsumiga 35 ta seyalka va 117 ta qatorlararo ishlov beradigan kultivatorlar to‘liq ta’mirlanib, tayyor holga keltirilgan. Joylardagi turli rusumdagi quvvatli texnikalarning barchasi malakali va tajribali mutaxassislar tomonidan puxta ko‘rikdan o‘tkazildi.
«Balkanobahyzmat» ishlab chiqarish birlashmasida va uning tumanlardagi korxonalarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish uchun profilaktika choralari ko‘rildi. Shuningdek, mas’uliyatli ekish mavsumi davomida maxsus tashkil etilgan texnik xizmat ko‘rsatish guruhlari faoliyat yuritadi. Tarkibida ta’mirlovchilar, mexaniklar va tegishli mutaxassislar bo‘lgan bu guruhlar mavsumda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday nosozliklarni darhol bartaraf etadilar. Bu esa ekish mavsumini agrotexnik muddatlarda yuqori sifat darajasida o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Keywords