
Oguljan Jumayeva, Turkmanobod shahridagi 39-sonli ixtisoslashtirilgan o‘rta maktab o‘qituvchisi, boshlang‘ich xotin-qizlar tashkilotining faol a’zosi: Arkadagli Qahramon Serdarimizning oqilona rahbarligida ona Vatanimizning har bir kuni buyuk yuksalishlar va shonli voqealarga boy bo‘lmoqda. “Mustaqil, doimiy Betaraf Turkmaniston — shon-sharaf va jadal taraqqiyot makoni” yilida biz muhim sanani — muqaddas Mustaqilligimizning shonli 35 yilligini tantanali ravishda nishonlaymiz.
Arkadagli Qahramon Serdarimizning yaqinda 2025-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida joriy yilda rejalashtirilgan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha davlat tashkiliy qo‘mitasini tuzish to‘g‘risidagi Qarorni imzolashi yurtdoshlarimizda cheksiz quvonch uyg‘otdi. Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bu yilgi shior chuqur mazmun-mohiyatga ega bo‘lib, davlatimiz obro‘sini yanada yuksaltirishga va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlarni amalga oshirishga ruhlantiradi. Shu bois, har bir yurtdoshimiz ushbu shiorni amalda hayotga tatbiq etish uchun astoydil mehnat qilmoqda va yil davomida o‘tkaziladigan tadbirlarga munosib hissa qo‘shmoqda.
Turkman xalqi Mustaqil davlat qurganidan beri o‘tgan qariyb 35 yil davomida sog‘lom, mehnatsevar, oqko‘ngil, o‘qish va ishlashga ishtiyoqi baland, dunyoqarashi keng, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan yangi avlod voyaga yetdi. Mustaqil davlatimizning milliy ruhida kamol topgan bilimli yoshlar bugungi kunda jahon miqyosida mamlakatimiz nufuzini yanada baland ko‘tarmoqdalar. Dunyoning eng nufuzli o‘quv dargohlarida tahsil olayotgan talaba yoshlar o‘zlarining a’lo o‘qishi va namunali xulqi bilan xalqimizning o‘zgarmas urf-odatlari hamda insoniy fazilatlariga sodiqligini isbotlamoqdalar. Turkman yoshlari turli ijodiy, sport, mehnat va ilm-fan musobaqalarida faol ishtirok etib, yashil Bayrog‘imizni baland hilpiratmoqdalar. Bu yutuqlar Qahramon Arkadagimiz va Arkadagli Qahramon Serdarimizning yoshlarga bo‘lgan tinmsiz g‘amxo‘rligining samarali natijasidir. Bu muvaffaqiyatlar dono ajdodlarimizning nasl tarbiyasi bilan bog‘liq milliy an’analarining munosib davomidir.
Keywords