
Bolqon viloyatining neft-gaz konlarini, shu jumladan Kaspiy dengizining turkman qismidagi ulkan qimmatbaho resurslarni o‘zlashtirishda muvaffaqiyatli ishlar olib borilmoqda. Ushbu ko‘lamli ishlarda «Türkmennebit» davlat konsernining Bolqon viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalari alohida faollik ko‘rsatmoqda.
«Nebitgazçykaryş» tresti mehnatkash neftchilarining faoliyati ayniqsa diqqatga sazovordir. Ularning joriy yilning o‘tgan hisobot davrida qazib olgan «qora oltin» miqdori 334 ming 210 tonnaga yaqinlashdi. Natijada, bu boradagi reja 107,69 foizga bajarildi. Bu haqda «Türkmenistan» gazetasida xabar berildi.
Xabarda ta’kidlanishicha, trest muvaffaqiyatlariga «Goturdepenebit», «Nebitdagnebit», «Gamyşlyjanebit», «Gumdagnebit», «Galkynyşnebit» va «Ýaşyldepe» neft va gaz qazib olish boshqarmalari munosib hissa qo‘shgan.
Trest neftchilari, asosan, mamlakatning janubi-g‘arbiy hududlaridagi «Nebitlije», «Günorta Gamyşlyja», «Gögerendag», «Uzynada», shuningdek, «Keýmir», «Akpatlawuk», «Altyguýy», «Körpeje», «Guýjuk» va boshqa o‘zlashtirilgan neft va gaz kondensat quduqlaridan uglevodorod xomashyosini qazib olishda alohida matonat ko‘rsatdilar.
Keywords